Toʻrt haftada dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish holatlari 52 foizga oshdi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, 20-noyabr — 17-dekabr sanalari oraligʻida dunyo boʻyicha 850 mingdan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyildi. Bu — undan avvalgi 4 haftaga nisbatan 52 foiz yuqori koʻrsatkich.
Shuningdek, oʻtgan 28 kun davomida kasallik tufayli 3 mingdan ziyod odam hayotdan koʻz yumdi va bu borada 8 foizlik pasayish tendensiyasi qayd etildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, mazkur davrda eng koʻp xastalanish holatlari Rossiyada roʻyxatga olingan — 279 359 nafar. Ikkinchi oʻrindan Singapur joy oldi. Bu yerda 120 898 nafar bemorda COVID-19 aniqlandi. Italiyada — 114 795, Polshada — 39 828, Avstraliyada — 39 505 nafar kishi infeksiyani yuqtirgani tasdiqlandi.
Umuman, shu kungacha Yer yuzida koronavirus bilan bogʻliq aniqlangan jami holatlar 772 milliondan ortdi. Qariyb 7 million bemor kasallik qurboniga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring