“Toʻraqoʻrgʻon” issiqlik elektr stansiyasida quvvati 3,5 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
“Toʻraqoʻrgʻon” IESda oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini “yashil energiya” manbalaridan qoplash choralari koʻrilmoqda. Shu maqsadda elektr stansiyasida navbatdagi 3,5 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi qurilyapti.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 5,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada 1,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Ushbu loyihani joriy yil oxiriga qadar yakunlab, ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun: joriy yil iyun oyida “Toʻraqoʻrgʻon” IESda quvvati 1 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan boʻlib, u orqali hozirgi kunga qadar 582 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Shuningdek, stansiyadagi mavjud binolar tom qismiga umumiy quvvati 60 kVt boʻlgan quyosh panellari hamda har birining sigʻimi 200 litr boʻlgan 6 ta quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring