“Toʻpalang GES” modernizatsiya qilinib, quvvati 175 MVtga yetkaziladi
Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda “yashil” energetika sohasini kelgusida yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor berilgan.
Shu maqsadda yangi qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan gidroelektr stansiyalarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatida joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, ishlab chiqarish quvvati yuqori boʻlgan “Toʻpalang GES” da modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
GES faoliyati uchun har birining quvvati 72,5 MVt boʻlgan 2 ta gidroagregatlar oʻrnatiladi. Modernizatsiyadan soʻng GESning umumiy quvvati 175 MVtga yetkaziladi. Mazkur modernizatsiya ishlari Rossiyaning “Silovыye mashinы” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring