Toni Kroos “Yevro-2024”da oʻziga xos rekord qayd etdi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos “Yevropa chempionat – 2024” guruh bosqichida eng muvaffaqiyatli paslar boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi. Bu haqda “Score 90” nashri xabar bermoqda.
Germaniya mezbonlik qilayotgan “Yevro-2024” turnirining dastlabki uchta oʻyini davomida nemis futbolchisi 324 ta aniq uzatmani amalga oshirdi. Bu Fransiyada boʻlib oʻtgan “Yevro-2016” paytida oʻzi oʻrnatgan rekordni (323 ta) yaxshilash deganidir.
Kroosning toʻp bilan ishlash qobiliyati Olmoniya jamoasining guruhdagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlamoqda. Nemis futbolchisi doimo oʻzining uzatmalaridagi aniqligi bilan ajralib turadi. Xususan, u “Yevropa chempionati” musobaqalaridagi eng aniq pastlar reytingidagi 5 ta oʻrindan 3 tasini egallab turibdi.
Ispaniyalik futbol afsonasi Xavi “Yevro-2012”da 317 ta uzatma bilan uchinchi oʻrinni, Shveysariya terma jamoasi pleymeykeri Granit Jaka 281 ta uzatma bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
“Real Madrid” futbol klubining yarim himoyachisi “Yevro-2024” soʻngida faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring