Tomorqadan – barqaror daromad sari
Muzrabot tumanining “Oriyat” mahallasida aholini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash, tomorqalardan samarali foydalanish va issiqxonachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Unda Termiz tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi, “Doʻstlik” ordeni sohibi, tajribali tadbirkor va dehqon xoʻjaligi rahbari Boboyor Xolboyev ishtirok etdi.
Seminar davomida issiqxona sharoitida yetishtiriladigan pomidor, bodring, qalampir, bulgʻor qalampiri hamda koʻkatlarning serhosil navlari, ularni toʻgʻri parvarishlash, hosildorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahsulotlarni bozorga chiqarish, talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni tanlash va yil davomida daromad olish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ayniqsa, tomorqalarda kichik issiqxonalar barpo etish orqali oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, mavsumdan tashqari paytda ham bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlash masalalari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

— Issiqxonachilikda eng asosiy jihat ilm va mehnat uygʻunligida, — deydi Boboyor Xolboyev. — Issiqxona qurishning oʻzi yetarli emas, har bir ekinning xususiyatini bilish, suv va ozuqa meʼyoriga amal qilish kerak. Agar tomorqa egasi reja bilan ishlasa, hatto kichik maydon ham oila uchun barqaror daromad manbaiga aylanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda issiqxonachilik yoʻnalishida faoliyat boshlash uchun zarur boʻlgan amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring