Tomorqa — koni foyda
Illyustrativ foto
Xalqimiz azaldan har qarich yerning qadriga yetib, undan rizqu-nasiba undiradi. Shu bois, tomorqani xazinadek eʼzozlaydi. Ayniqsa, bugun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olayotgan bir paytda uning qadri yana-da oshmoqda. Zero, kundalik ehtiyojga zarur boʻladigan oziq-ovqatning aksariyati aynan shu bir parcha yerda undiriladi. Shunday ekan, yurtdoshlarimiz bugun oʻz tomorqasiga mehr va eʼtibor bersa, faqat yutadi.
Safarboy Tilavov, Amudaryo tumani, “Qilichboy” qishlogʻi:
-Yurtdoshlarimiz tomorqasida mehnat qilib, ertangi kunining gʻamini koʻrishi kerak. Uyimiz oldidagi tomorqa koʻp yillardan beri turmushimiz farovonligining manbaiga aylangan. Issiqxonamiz ham bor. Unda ayni paytda koʻplab ekinlar unib chiqib, baravj oʻsmoqda.
Har yili olma, uzum, nok, oʻrik, olcha va boshqa mevalardan moʻl hosil olamiz. Kartoshka, sabzi, piyoz, bodring, pomidor va koʻkatlar yetishtiramiz. Avvalo oʻzimizga, ortganini esa bozorga chiqaramiz. Bu bilan el farovonligiga ham hissa qoʻshamiz. Xullas, tomorqa rizq-nasiba manbai.
Yangiljon Begliyeva, Beruniy tumani, “Sarkop” qishlogʻi:
-Oʻttiz yildan beri tomorqadan unumli foydalanamiz. Ayni paytda 10 ming tup turli ekinlar koʻchatlari yetilgan koʻchatxonamiz bor. Xonadonimizning asosiy daromadi shundan. Hatto vodiy tomonlardan ham oʻrik va bir qancha gullarning urugʻini keltirganmiz. Uch yil muqaddam limonxona barpo etgandik. Bu yil hosil berib, bozorga chiqardik.
Albatta, bularning barini yuzaga keltirish oson emas. Ayniqsa, qishda koʻchatlarni sovuqdan saqlash kerak. Mehnatdan qochmasang, hammasi joyida boʻladi. Yashirmayman, shundan uyimizga yiliga 20-30 million soʻm daromad kirayapti.
Ayni paytda bodring, pomidor, bulgʻori qalampir koʻchatlarini yetishtirib, bozorni taʼminlayapmiz. Koʻpincha odamlar uyimizga kelib olib ketishadi.
Muxtasar aytganda, ayni koronavirus tufayli amal qilinayotgan karantin paytida koʻplab yurtdoshlarimiz vaqtini va mehrini tomorqalariga sarflashayotgani tahsinga sazovor. Zotan, bu bilan ham uydagi vaqtimiz mazmunli oʻtadi, xam ertangi farovonligimizni taʼminlaymiz.
Hidoyat AHMEDOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring