Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun maʼqullandi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Bitimni (Samarqand, 2025-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Mazkur Bitim qoidalariga muvofiq tomonlar jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida ushlab berish masalalarida oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatda ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar doirasi, rad etish asoslari, markaziy vakolatli organlar, dastlabki qamoqqa olish hamda ushlab berilgan shaxslarga nisbatan maxsus qoidalar aniq belgilab qoʻyilgan.
Senatorlarning taʼkidlashicha, mazkur Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasining transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligini mustahkamlaydi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring