“Tolibon” Oʻzbekistonga elektr energiyasi boʻyicha barcha qarzlarni toʻlashga vaʼda berdi
Illyustrativ foto
“Tolibon” tomonidan tuzilgan Afgʻoniston muvaqqat hukumati Oʻzbekistonga elektr energiyasidan qarzni toʻliq toʻlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov maʼlum qildi.
“Biz Afgʻoniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokara oʻtkazdik. Ular orasida energetika sohasi uchun masʼul ham bor edi. Muloqotda ayrim raqamlar toʻgʻrisida ham kelishib olindi. Afgʻoniston elektr tarmoqlari kompaniyasi barcha qarzlarni toʻlaydi. Hozir bu mamlakatda bank tizimi ishlashi bilan bogʻliq muammolar kuzatilmoqda. Lekin, shunga qaramay, biz elektr energiyasi uzatishda davom etamiz”, deydi S. Umurzoqov.
Bosh vazir oʻrinbosarining aytishicha, rasmiy Toshkent Kobulga elektr yekazib berishni hozirgacha bir soat ham toʻxtatmagan. Bundan keyin ham Afgʻoniston Oʻzbekistondan elektr energiyasini olishda davom etadi. Bu qarorning asosiy sababi qardosh afgʻon xalqiga qiyin paytda yordam berish istagidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring