Tokio-2020: Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarini 16-oʻrinda yakunladi
Bir necha kun diqqatimiz markazida boʻlgan Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari ham oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston jamoasi medallar jamlanmasi boʻyicha umumjamoa jadvalida Riodagi oʻrnini saqlab qoldi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Delegatsiyamiz ushbu Paralimpiya oʻyinlariga 48 sportchi bilan 55 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan edi. Yakunda esa jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor boʻldi. Bu esa umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida musobaqani 16-oʻrinda yakunlashimizni taʼminladi. Bu koʻrsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan soʻng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida toʻrtinchi, Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida birinchi boʻldi. Qayd etish joiz, Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlarida ham 8 ta oltin medal bilan 16-oʻrinni band etgan edik.
Hozir Tokio shahridagi Olimpiya stadionida musobaqaning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Delegatsiyamiz Toshkentga ertaga qaytib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring