Timur Ishmetov nomzodi Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga taqdim etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.
Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi.
Timur Ishmetov 1979-yilda Toshkentda tugʻilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutining “Moliya va kredit” fakulteti, 2005-yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yoʻnalishida magistratura bosqichini, 2007-yilda - Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring