Til oʻrganuvchilarga keng imkoniyatlar
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ibrat farzandlari” loyihasi, “Edu-Action exams Centre” markazi hamkorligida “MEGA IELTS SHOW” dasturi boʻlib oʻtdi. Unda xorijiy tillarni oʻqitish markazlari mutasaddilari, oʻqituvchilar, chet tiliga qiziquvchi yoshlar qatnashdi.
Tadbirda xalqaro toifadagi spikerlar va taʼlim sohasidagi yirik tadbirkorlar Umidjon Ishmuhammedov (“Edu-Action exams Centre” markazi asoschisi), Xasan Mamasaidov (“MFaktor” biznes maktabi asoschisi) tomonidan yoshlar uchun zamonaviy bilimlarni egallash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish boʻyicha maslahatlar, mahorat saboqlari oʻtkazildi.
Shuningdek, marosimning eng shov-shuvli qismi IELTS imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi vaucherlarning taqdim etilishi boʻldi. Ushbu vaucherlar har bir spiker tomonidan taxminiy uchtadan oʻrindiq raqamlarini aytish orqali ishtirokchilarga hadya etildi. Ularni qoʻlga kiritgan yoshlar endi “Edu-Action exams Centre” markazida IELTS imtihonini bepul topshirish imokniga ega boʻldi.
— Globallashgan bugungi dunyoda zamonaviy kasblarni egallash, dunyoga chiqish va salohiyatini namoyish etish uchun, albatta, xorijiy tillarni puxta bilish talab etiladi, — deydi “IELTS zone” oʻquv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov. — Shu bois yoshlarimiz orasida chet tillarini oʻrganishga qiziqish juda baland. Ayniqsa, ingliz tilini oʻrganuvchilar soni muntazam ortib bormoqda. Ushbu tadbir ana shunday yoshlarni bir joyga jamlab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tadbir soʻngida Javlon Jovliyev qalamiga mansub “Qoʻrqma” romani asosida suratga olingan qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi. Taniqli sanʼatkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi dastur yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Gulxanoy SAFAROVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring