Tibbiyotdagi islohotlar va dolzarb masalalar muhokamasi

Poytaxtimizdagi Xalqaro media-xollda “Aholining ijtimoiy muhofazasi: dolzarb masalalar” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.Musayev, sogʻliqni saqlash vaziri A.Xadjibayev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.Xolxoʻjayev hamda mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari G.Marufova soʻzga chiqdi.
Muloqotda keyingi besh yilda Oʻzbekiston taraqqiyoti, xususan, tibbiyotidagi muhim oʻzgarishlar, ularning aholi hayotidagi amaliy samaralari, hal etilishi lozim boʻlgan muammoli masalalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Tadbirda Bosh vaziri oʻrinbosari B.Musayev mamlakatimizda tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi. Qayd etildiki, bugungi kunda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlari davom ettirilmoqda. Ayniqsa, fuqarolar koronavirusga qarshi vaksina olayotgani, buning uchun joylarda 3600 dan ortiq emlash punktlari tashkil etilgan.
Tadbir ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtdi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring