Tibbiyot muassaslaridagi rahbar xodimlar uchun qisqa muddatli mutaxassislik oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyiladi

09:25 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
895 0

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 1-noyabrdan qisqa muddatli oʻquv kurslarida qayta tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi

Adliya vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, bu respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarinining malakasini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Maʼlumot uchun, oʻquv kurslari sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yoʻnalishi boʻyicha olib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?