Tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (718-son, 11.11.2025-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Bildirilishicha, mazkur nizomga koʻra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz, oʻz ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatiladi.
Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlardan tashqari xizmatlar qoʻshimcha hisoblanadi va pulli asosda koʻrsatiladi.
Mijoz tibbiyot muassasalarining roʻyxatga olish boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi.
Shuningdek, har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlari asosida pulli xizmat koʻrsatilishi belgilanadi.
Mijozlar tibbiyot muassasasiga toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash shartlarida qabul qilinadi.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma boʻyicha haq toʻlagandan soʻng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qoʻyishga yuboriladi.
Tekshiruv natijalariga koʻra tor soha mutaxassisi koʻrigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring