“The Indian Express” nashrida Qoraqalpogʻiston haqida material eʻlon qilindi
Qoraqalpogʻistonning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, flora va faunasi, diqqatga sazovor joylari hamda turistik infratuzilmasi haqida bir qator davlatlarning OAVda mediamateriallar keng ommaga havola etilib borilmoqda. Jumladan, Hindistonning “The Indian Express” gazetasida Qoraqalpogʻistonning asosiy turistik yoʻnalishlaridan biri boʻlmish Moʻynoq tumani va Orol dengizi haqida maqola eʻlon qilindi.
Maqolada hududning qisqacha tarixi, oʻtmishdagi Orol dengizining qurishi hamda bugungi kunda Moʻynoq tumani eng mashhur turistik maskanga aylangani, soʻnggi yillarda bu yerda xostel va mehmonxonalarning koʻpayib borishi, tabiiy ofat bilan bogʻliq boʻlgan yangi turizm yoʻnalishining rivojlanishi mahalliy aholi uchun yangi umid inʻom etgani aytib oʻtilgan.
Shu bilan bir qatorda maqola muallifi Orol dengizi tarixi muzeyi, Kemalar qabristoni, Orol dengizi boʻyidagi oʻtovlar majmuasi va u yerdagi sharoitlar, internet tarmogʻi va mobil aloqa boʻlmagan va sivilizatsiyadan juda uzoqda boʻlgan ekstremal turistik oʻrinlar haqida taʻkidlab oʻtgan.
Maʻlumot sifatida, “The Indian Express” gazetasi ingliz tilida boʻlib, 1931-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Har kuni 300 mingdan ortiq tirajga ega ushbu gazetaning elektron varianti - indianexpress.com veb-saytini har oyda 60 million internet foydalanuvchilarini jalb qiladi va dunyodagi eng yirik yangiliklar saytlarining biri boʻlib hisoblanadi.
Maʻlumot uchun, joriy yilning 31-may - 5-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bir qator xorijiy OAV vakillari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining diqqatga sazovor joylari boʻylab keng qamrovli press-tur tashkil etildi. Press-turda Buyuk Britaniya, Ispaniya, Finlyandiya, Hindiston va Indoneziya davlatlaridan “The Caspian Post”, “Lonely Planet”, “Metro TV”, “The Travel Magazine”, “Indian Express”, “Alonesia” kabi blog, telekanal va nashriyotlarning fotograf, muxbir hamda teleboshlovchilari ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring