Tezlik, toʻqnashuv va taqdir...
Manzilga bexatar va bexavotir yetib olishda yoʻllarimizning tekis va ravon boʻlishi va haydovchining hushyorligi muhim ahamiyatga ega. Ammo bugungi kunda asossiz tezlikni oshiradigan, kimoʻzarga bir-birini quvib oʻtadigan haydovchilar ham topiladi. Albatta, bu yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Afsuski, bunday holatlarni Samarqand shahrida ham kuzatish mumkin. Shaharning Rudakiy koʻchasida roʻy bergan ayanchi avtohalokat yuraklarni larzaga solganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shoshma-shosharlik 7 kishini jarohati va bir insonning vafoti bilan yakunlandi. Ushbu ayanchli avtohalokat sabab 3 nafar bola onasiz qoldi, erkak esa turmush oʻrtogʻidan ayrildi.
Bundan tashqari shahar koʻchalari boʻylab nikoh toʻyi marosimlarida oʻzi va oʻzgalar hayotiga xavf tugʻdirib avtomashina boshqarayotgan “shovvozlar” ham tez-tez uchrab turibdi. Yaqinda Samarqandda voyaga yetmagan maktab oʻquvchisi transport vositasini ijaraga olib, tungi paytda boshqarib yurganligi aniqlandi.
Prezidentimiz raisligida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida oxirgi 7-yilda yoʻllarni qurish va taʼmirlashga 61 trillion soʻm ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, 2024-yilda 9 ming 364 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgani, avtohalokatlar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok boʻlgani, qariyb 9 ming fuqaro jarohat olganini afsus bilan qayd etdi. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida yurtimizda kuniga oʻrtacha 6 nafar insonning halok boʻlayotgani nafaqat statistika, balki har bir yurtdoshimiz uchun chuqur qaygʻu va fojia hisoblanadi. Bu barchani qattiq tashvishga solishi kerak.
Umuman, ajratilayotgan mablagʻ va amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson hayoti, uning salomatligi va xavfsizligi turadi. Endi bu jarayonlarda barcha davlat organlari, senatorlar, deputatlar, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etishi lozim. Shundagina yoʻllarimiz bexatar va avtotransport harakati tartibli boʻladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring