“Tez orada hammasi quruqlikdan boshlanadi”: Tramp Venesuelaga tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelaga quruqlik orqali harbiy operatsiya boshlash bilan tahdid qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Qoʻshma Shtatlar rahbarining “Tez orada hammasi quruqlikdan boshlanadi” degan soʻzlari OAV muhokamalar markazida boʻlib turibdi.
Tramp quruqlikda operatsiya boshlash haqidagi gapida mamlakat nomini toʻgʻridan-toʻgʻri aytmagan. Biroq, uning soʻzlari Venesuela qirgʻoqlari yaqinida neft tankerining musodara qilinishi borasidagi muhokamalar chogʻida yangragan.
Ekspertlar bu jumla Venesuelaga qarata aytilganini taʼkidlashmoqda. Donald Trampning oʻzi bunday quruqlikdagi operatsiya qaysi davlatga nisbatan, qanday amalga oshirilishi toʻgʻrisida maʼlumot bermagan.
Maʼlumot uchun, AQSH bir necha hafta davomida Karib dengizida giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanayotganlikda gumon qilingan qayiqlarni nishonga olib kelmoqda. Jumladan, shu yilning 10-dekabr kuni Qoʻshma Shtatlar harbiylari Venesuela qirgʻoqlari yaqinidagi neft tankerining nazoratini qoʻlga olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring