Tez orada Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi

16:30 21 May 2021 Sport
794 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning joriy aprel oyida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Labi Hovuz” ansambli hududiga yaqin joyda, Nodir Devonbegi honaqosi va Badriddin karvonsaroyi orasidagi boʻsh hududda yogʻochdan milliy uslubda ishlangan yengil konstruksiyali katta shaxmat maydonchasini barpo etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Bu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad, hududda sayr qiluvchilarning ham madaniy, ham intellektual hordiq chiqarishlari hamda yoshlarni shaxmat sportiga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Shaxmat maydonchasining loyihasi tashabbuskor tadbirkor tomonidan viloyat madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va hozirda mazkur loyihani Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashi bilan belgilangan tartibda kelishish ishlari olib borilmoqda.

Umid qilamizki, tez orada qadim Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar nafaqat tarixiy obidalarimizning goʻzalligi va mahobatidan zavqlanishi, balki shaxmat oʻynab oʻz tafakkurini yana-da boyitishi mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?