“Tesla” jiddiy nuqson sabab bir necha million mashinasini chaqirib oladi

18:07 13 Dekabr 2023 Dunyo
617 0

Foto: Tesla

Amerikaning milliarder Ilon Maskning “Tesla” texnologik kompaniyasi avtopilot tizimidagi zaifliklar tufayli oʻzi ishlab chiqargan 2,03 million dona elektromobilni chaqirib oladi.

Bu haqda AQSH Milliy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim etilgan arizada aytiladi. Hujjat regulyatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

Avtopilot har bir yangi “Tesla” avtomobilida standart boʻladi. U avtomobil tezligini atrofdagi tirbandlikka moslashtirish va haydovchilarga avtomobilni aniq belgilangan yoʻlaklarda boshqarishga yordam berish uchun kameralardan foydalanadi. Shu bilan birga, transport vositasini boshqarayotgan shaxs har doim qoʻllarini rulda ushlab turishi va yoʻlni kuzatishi kerak.

Hujjatda aytilishicha, “Tesla” avtomobillaridagi avtopilot notoʻgʻri foydalanishdan yetarlicha himoyaga ega emas. Maʼlum sharoitlarda avtopilot tizimlari haydovchining favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezlik bilan aralashib, boshqaruvni oʻz qoʻliga olishga tayyorligini yetarlicha nazorat qilmaydi, bu esa toʻqnashuvlar xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.

“Avtomatlashtirilgan texnologiyalar xavfsizlikni yaxshilashga vaʼda beradi, lekin ulardan masʼuliyat bilan foydalanilsagina. Bugungi harakatlar xavfsizlikni ustuvor vazifa qilib, avtomatlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish misolidir”, deyiladi AQSH Milliy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi “Tesla”ning elektr transport vositalarini chaqirib olish qaroriga izohida.

2016-yil oxiridan beri “Tesla” toʻliq oʻzini oʻzi boqari deb nomlangan yuqori darajadagi funksiyalarni ilgari surmoqda. AQSH Milliy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi “Tesla” avtomobillari avtopilot nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tezlik chegarasidan oshib ketganini aniqlagandan soʻng, bu variant 2023-yilning fevral oyida bekor qilingan.

Umuman olganda, AQSH Milliy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi “Tesla” avtomashinalarining avtopilot sabab boʻlishi mumkin boʻlgan avtohalokatlari boʻyicha 50 dan ortiq tergov ochdi.

Ilgari “Tesla” avtomobillarida “Ilon Mask rejimi” deb ataladigan rejim topilgan boʻlib, u rulni doimo qoʻlingiz bilan ushlab turmasdan boshqarish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер