Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Cambridge universiteti bilan xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

11:50 11 Fevral 2026 Jamiyat
270 0

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Buyuk Britaniyaning nufuzli Cambridge universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib, zamonaviy taʼlim metodologiyasini joriy etmoqda.

Mazkur tashabbus talabalarga xalqaro standartlar asosida taʼlim olish, xorijiy tillarni chuqur va mukammal oʻzlashtirish hamda global akademik makonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkonini yaratadi.

Ayni kunlarda Cambridge universitetining ingliz tilini oʻqitish boʻyicha ekspertlari Rayan Karen va Benjamin Filip universitetda boʻlib, taʼlim jarayonlari, zamonaviy oʻqitish usullari hamda professor-oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini oʻrganmoqda. Shu bilan birga, talabalarning til kompetensiyalari kompleks tahlil qilinmoqda. Bu jarayon taʼlim sifatini oshirish bilan bir qatorda, talabalarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

— Hamkorlik doirasida universitetda ingliz tilini oʻqitish jarayoni Cambridge metodologiyasi asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi, — deydi xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Shavkat Otamurodov. — Shuningdek, TISU huzurida Cambridge International School maktabini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus yoshlar uchun sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirib, ularning kelgusida kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishiga zamin yaratadi.

Ushbu hamkorlik universitetning xalqaro integratsiya jarayonlarini kuchaytirish, taʼlim standartlarini jahon talablari darajasiga olib chiqish va zamonaviy bilim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер