Tergov hibsxonasidagi sharoitlar oʻrganildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlardan iborat jamoatchilik guruhi tomonidan Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlar oʻrganildi.

- Mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etib, bu jihat shaxsning ozodlikda yoki jazo muddatini oʻtayotganidan qatʼiy nazar oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi, — deydi Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova. — Asosiy Qomusimizda ham ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega ekani belgilab qoʻyilgan.

Shunga asosan oʻtkazilgan oʻrganishda muassasada saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoiti, ovqatlanish, tibbiy yordam sifati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari koʻzdan kechirildi.

Hibsxonada saqlanayotgan ayollar, voyaga yetmaganlar bilan alohida profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, ularning murojaatlari belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi.

Tadbir soʻngida hibsxonada saqlanayotgan shaxslarga oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari jamlangan kitoblar ulashildi. Muassasa uchun “Qarshi mebel” korxonasi tomonidan stol va stullar jamlanmasi homiylik asosida taqdim etildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring