Tergov-hibsxonadagi ayollarga bayram sovgʻalari ulashildi

15:59 10 Mart 2026 Jamiyat
151 0

Mamlakatimizdagi barcha korxona va tashkilotlar, mehnat jamoalarida boʻlgani singari, Qarshi shahridagi 5-sonli tergov-hibsxonasida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda muassasada saqlanayotgan xotin-qizlarga bayram sovgʻalari ulashilib, ular bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.

  • Bunday tadbirlar mahbuslarni hayotga ijobiy ruhda qarashga, ozodlikning qadrini chuqur anglashga hamda kelajakda jamiyatda munosib oʻrin egallashga undaydi, — deydi Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova. – Ayniqsa, gap ayollar haqida borar ekan, ular qayerda va qanday sharoitda boʻlmasin, hamisha eʼtibor va eʼzozga muhtoj.
  • Tadbirda muassasada mahbuslarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
  • Shuningdek, “Ombudsman quti”siga kelib tushgan murojaatlar oʻrganildi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер