Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota ajratiladigan boʻldi
Prezidentning «2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida»gi farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Hujjatga koʻra, endilikda davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplagan baliga nisbatan maʼlum miqdordagi qoʻshimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-oʻquv yilida tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, toʻplagan baliga mos ravishda davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.
Bundan kelib chiqadiki, endilikda qoʻshimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar oʻtish bali uchun yetarli ball toʻplay olsa, unda ular uchun qoʻshimcha kvota ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring