Temir yoʻlda yuk tashish uchun taqdim etilayotgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi
“Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 03.06.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan:
— qora va rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo faoliyatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi;
— mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga toʻliq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqi beriladi.
2026-yil 1-yanvardan birja savdolarida sotib olingan mis katodi va mis katankasini eksport qilishga cheklovlar bekor qilinadi.
2024-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi Hukumatga kiritiladi:
— 2024-yil 1-oktyabrdan bosqichma-bosqich 2025-yil 1-aprelgacha respublika hududida temir yoʻl transportida yuk tashishda taqdim etilayotgan chegirmalar berish amaliyotini bekor qilish;
— temir yoʻl orqali yuklarni tashishda eksport va import tashish xizmatlari uchun tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich birxillashtirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring