“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Navbatdagi yalpi majlisda “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri Senat aʼzolari tomonidan muhokama qilindi.
Taʼkidlangandek, mazkur Qonun bilan aholiga va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda yangi qurilgan koʻp qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma koʻzda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy boʻladi.
Xususan, koʻp qavatli uylarda yashovchilarning arizasi boʻlganda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga binoda mavjud infratuzilmadan begʻaraz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obyektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, Qonun bilan telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Qonunga koʻra endi bank, toʻlov tizimi, toʻlov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni koʻrsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, Qonun normalari Konstitutsiyaga moslashtirilib, telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish ekanligi belgilab qoʻyilmoqda.
Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonuni qabul qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Muzokaralardan soʻng Qonun maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring