“Telegram” orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullangan narkodoʻkonning 5 nafar aʼzosi ushlandi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ijara asosida yashab kelayotgan, “Telegram” messenjeri orqali giyohvandlik vositalari savdosini amalga oshiruvchi narkodoʻkonning 5 nafar aʼzosi qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, qoʻlga olingan shaxslar 400 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasini 0,3 grammdan qadoqlagan holda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari maʼlum boʻlgan.
Shundan soʻng, qoʻlga olingan shaxslarning koʻrsatmasi asosida, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta xufiya joyga joylashtirilgan har biri 0,3 grammdan boʻlgan “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkodoʻkon operatori vazifasini bajaruvchi, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi, 2003-yilda tugʻilgan shaxs Yangihayot tumani hududida ushlanib, unga tegishli avtomashinaning yukxonasi va salon qismidan 986 gramm “gashish” moddasi hamda 7 kilogramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi olingan.
Maʼlum boʻlishicha, narkoguruh aʼzolari mamlakatimizga kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotish bilan shugʻullanishgan.
“Hozirda ularning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring