Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi
Oʻzbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi. Mazkur oliy maktab Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, texnologik metallar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Bakalavriat dasturi Italiyaning Piza universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilib, darslar ingliz tilida olib boriladi, taʼlim jarayonlari TMKning ishlab chiqarish korxonalarida ham tashkil etiladi hamda ushbu bosqich uchun TMK tomonidan 25 ta grant ajratilgan.
Shuningdek, oliy maktab va Geologiya fanlari universiteti hamkorligida kritik minerallar yoʻnalishida magistratura dasturi ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu loyiha Xitoyning Geofanlar universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Magistratura taʼlimi ham ingliz tilida olib boriladi, ikkinchi bosqich Xitoyda davom ettiriladi. Bitiruvchilar ikki davlat diplomiga ega boʻlishadi. Magistratura bosqichi uchun 10 ta grant ajratilgan.
Taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar TMK tomonidan toʻliq ish bilan taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring