Texnogendagi “svetoforchi”, kosa koʻtargan kampir va mechkaylik...
Gohida shunday ajoyib xalqing borligidan quvonasan kishi. Oʻtgan hafta, 25-yanvar kuni mintaqamizda yoppasiga elektr oʻchib qolgan paytda xalqimiz oʻrtasida qadr-qimmat, oqibat qanchalik darajada yuksak kuchga ega ekaniga yana bir bor amin boʻldik.
Bilasiz, elektr yoʻq paytida eng xavfli holat transport qatnovini yoʻlga qoʻyishdir. Shunday ogʻir lahzalarda Qarshi shahrida YPX xodimlari har bir chorrahada “svetofor” vazifasini oʻtashdi. Ular bir zum ham toʻxtashgani yoʻq, oʻz vazifalarini sidqidildan mardona uddalashdi.
Oʻsha kuni xizmatda boʻlgan YPX xodimlarining mamnun boʻlib aytishicha, kechga yaqin qarshilik bir kampir “Tik oyoqda turib sovuqqotib ketding, ertalabdan beri tuz ham totganing yoʻq”, deb chorrahadagi “svetoforchi”ga sochiq yopilgan kosada taom olib kelibdi. Yana bir yoshgina yigit issiqqina qahva ilingan. Eh-he, nimasini aytasiz, hatto bir fuqaro YPX xodimi oʻrniga shahardagi bir yoʻlni tartibga solib turgan. U bu ishni hech qanday mablagʻ yoki majburiyat uchun emas, oʻz tashabbusi bilan amalga oshirgan.
Yurtimizni zulmat chulgʻagan oʻsha tunda odamlar qalbini ertangi kunga ishonch nurlantirib turdi. Odamlarimizda ishonch kuchli edi. Shuning uchun ham ular bu holat uzoq davom etmasligini, tez kunda bartaraf etilishini bilishardi. Shunday boʻldi ham. Ammo...
Ana shu texnogen holati kimning kim ekanini koʻrsatdi. Oramizda ochkoʻz va mechkaylar borligi, ular xalq boshiga tushgan kulfatdan foydalanib, choʻntagini qappaytirishga uringanini hamma koʻrdi, his qildi. Mana, masalan, Qarshi shahri atrofida qatnovchi (aslida hujjatiyam yoʻq) taksi haydovchilari 3 ming soʻmlik yoʻl haqini 7 ming soʻmga koʻtarib oldilar. “Metan gaz toʻxtatildi, benzin qimmat” deyishdi ular. 1 yarim-2 ming soʻmlik shamning togʻday qimmatlagani-chi? Nega koʻtarildi, kim belgilab berdi bu narxni? Hech kim. Bu mechkaylik, xolos.
Guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, oramizda, afsuski, shunday odamlar ham bor. Aytmoqchimizki, halollikni hech qachon yoʻqotmaylik. Qonimizda oqayotgan bagʻrikenglik, muruvvat va oqibatni el boshiga ish tushganda unutib qoʻymaylik.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring