Tajriba tariqasida 5 ta shaharda suv taʼminotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
“Oʻzsuvtaʼminot” shu kunga qadar birorta yirik xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirgani yoʻq, ichimlik suvi yetkazib berish tannarxini kamaytirish boʻyicha bosh qotirmayapti.
Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashni kengaytirish maqsadida tizim rahbarlariga qator topshiriqlar berildi.
Jumladan, tajriba tariqasida 5 ta shaharda – Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida suv taʼminotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi.
Viloyat hokimlariga eskirgan nasoslarni yangilash ishlarini boshlab, bu yil kamida 1 mingta nasosni energiya tejamkoriga almashtirishga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring