Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqiradi
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilinayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Unga koʻra, Permdagi oʻzbek diasporasi rahbari Jahongir Jalolov Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlariga murojaat qilib, ular shu yerda pul topayotgani va roʻzgʻor tebratayotgani sababli rus harbiylariga qoʻshilib, Ukrainaga qarshi jang qilishga majbur ekanliklarini aytgan. Shuningdek, xabarda Jahongir Jalolovning Rossiya fuqarosi ekani aytilmoqda.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston fuqarolaridan bunday daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring