Tashqi ishlar vazirligi Ukraina atrofidagi vaziyat boʻyicha ayrim masalalarga oydinlik kiritdi
Foto: Arxiv surat
Soʻnggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat boʻyicha ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida murojaatlar koʻpayganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.
Oʻzbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining koʻpayishiga toʻxtaladigan boʻlsak, ularning mamlakatimizda boʻlish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va koʻp tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.
Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring