“Tashabbusli byudjet”da 177 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi
“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga koʻra, yuqori ovoz toʻplab gʻolib boʻlmagan 177 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Jumladan:
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 56 ta loyiha;
loyiha qiymatining 20 foizigacha mablagʻ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;
mahalladagi mavjud aholi sonidan koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlmagan 96 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topildi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.
Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring