Tarixda ilk bor: Markaziy bank xorijiy davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritdi
Joriy yil 27-31-may kunlari Jahon banki missiyasining tashrifi doirasida Oʻzbekiston Markaziy banki ilk bor xorijiy davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
"Missiya davomida xalqaro zaxiralarni boshqarishda diversifikatsiyaning ahamiyati, jumladan, xorijiy davlatlar qimmatli qogʻozlarni zaxiralar tarkibiga kiritish, xatarlarni baholash hamda Markaziy bankning tegishli tarkibiy boʻlinmalari ish jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha maxsus treninglar oʻtkazildi. Xususan, qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishda risklarni boshqarish, savdo va hisob-kitob amaliyotlarini oʻtkazish, buxgalteriya hisobi va komplayens-nazoratni amalga oshirish masalalari yuzasidan malaka oshirildi.
Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixida ilk bor Markaziy bank zaxiralarini diversifikatsiya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarga birlamchi investitsiya kiritish amaliyotlari oʻtkazildi hamda tegishli portfellar shakllantirildi", deyiladi regulyator xabarida.
Missiya yakunida Jahon banki gʻaznachiligi ekspertlarining xalqaro zaxiralarni boshqarish va tegishli tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalari olingan. Shuningdek, zaxiralar tarkibiga yangi moliyaviy instrumentlarni kiritishni davom ettirish va Markaziy bank xodimlari malakasini oshirishga doir kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring