Tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi shakllantiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi shakllantiriladi. Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Shuningdek, yigʻilishda uman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim berishi topshirilgan.
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlangan. Unga koʻra, yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shu bilan birga, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkazilishi qayd etilgan. Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirilgan.
Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring