“Tapendol” cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritildi

11:29 25 Avgust 2023 Jamiyat
424 0

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 399-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, “Tapendol” giyohvandlik  vositasining noqonuniy savdosi hamda isteʼmolini oldini olish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxatiga kiritildi.

Bundan tashqari,  kuchli taʼsir qiluvchi moddalar  muomalasi bilan bogʻliq nazoratni kuchaytirish hamda ularni  oʻtkazishda tegishli tarzda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish maqsadida ularga TIF TN kodlari biriktirilmoqda.

Maʼlumot uchun, “Tapentadol” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi boʻlib, tibbiyotda oʻrtacha va ogʻir intensivlikdagi oʻtkir hamda surunkali ogʻriq sindromida, operatsiyadan soʻng va ogʻriqli diagnostika jarayonlarida qoʻllanadi. Mazkur dori vositasini muntazam isteʼmol qilish qaramlikni shakllantiradi.

Uni notibbiy maqsadlarda suiisteʼmol qilish nafas olish tizimining buzilishi, bosh miya shikastlanishi va ruhiy tushkunlikka tushish, anamnez holatida talvasa sindromi, jigar yetishmovchiligi, oʻt qopi patologiyasi va oʻtkir pankreatit, qon bosimining tushish holatlarini keltirib chiqaradi.

2014-yilda BMTning giyohvandlik boʻyicha ekspertlar qoʻmitasi tomonidan “Tapentadol” dori vositasining nazoratini kuchaytirish boʻyicha bir qator tavsiyalar berilgan. Shuningdek Rossiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Latviya, Ispaniya va boshqa davlatlarda “Tapentadol” dori vositasi milliy nazorat ostiga olingan roʻyxatlarga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер