Tanzila Norboyeva Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo sohalarda Oʻzbekistonning Turkiya bilan hamkorligining bugungi holati hamda aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida ikki davlat Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi, ular oʻrtasidagi yaqin, oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlar tufayli ikki tomonlama aloqalar keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqilgani alohida qayd etildi.
Soʻnggi 6-yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1,5 marotabaga oshib, Turkiya Oʻzbekistonning toʻrtinchi asosiy iqtisodiy sherigiga aylangani, oʻzaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanish lozimligi taʼkidlandi.
Muzokara davomida ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni yanada kengaytirish uchun ikki davlatda ham salohiyat yetarli ekani, bu borada imkoniyatlarni birlashtirish kerakligiga urgʻu berildi.
Ayniqsa, sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarida kadrlar salohiyatini oshirish, ilm-fan hamda taʼlim sohalarida esa qoʻshma ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish, talabalar almashinuvini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Turkiyaning qadriyatlari, anʼana va urf odatlari, oilaga boʻlgan munosabati oʻxshashligidan kelib chiqib, oila va xotin-qizlar masalalarida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirishga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi. Xususan, Oliy Majlisning Buyuk millat majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi va “Oʻzbekiston–Turkiya” parlamentlararo doʻstlik guruhi oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, qoʻmitalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish boʻyicha yakdil fikr bildirildi.
Munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida ikki davlat parlamentlari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.
Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring