Tanzila Norboyeva Turkiya oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Mohinur Ozdemir Goktash bilan muzokara oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Turkiya Respublikasining Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Mohinur Ozdemir Goktash bilan muzokara oʻtkazdi.
Suhbat avvalida tomonlar Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro ishonch asosida rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oila masalalarida saʼy i-harakatlarni birlashtirish mavzularida fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Turkiya Respublikasining Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash masalasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, muloqot davomida hamkorlik munosabatlarini kelgusida amaliy harakatlar bilan yanada boyitish boʻyicha rejalar muhokama qilib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring