Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimida qoladigan boʻldi. Raisga oʻrinbosarlar ham saylandi
Majlisda Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisidagi tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.
Shuningdek, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.
Ayni paytda majlis davom etmoqda. Senat faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda Prezidentning senatorlar bilan muloqoti boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring