Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan muzokara oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Dubay shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP-28) doirasidagi parlament yigʻilishida Parlamentlararo ittifoq (PAI) bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Oʻzbekistonning xalqaro maydonda ilgari surayotgan tashabbuslari nafaqat mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun ham muhim ekanini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻzbekiston dolzarb masalalarni hal etishda parlamentlarning hamjihatligini bir nuqtada birlashtiradigan maydonga aylanib borayotgani, oʻtgan yili Toshkentda PAIga aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti har tomonlama samarali boʻlganiga eʼtibor qaratdi.
Parlamentlar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayonining ishtirokchilari hisoblanishini, joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkentda oʻtgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II Global forum bu borada barcha davlatlar uchun hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tajriba almashishda muhim platforma boʻlganini alohida qayd etdi.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikdagi qoʻshma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring