Oliy Majlis Senati Raisi Nyu-Yorkda Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida T.Norboyeva Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Viola Amerd bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va Shveysariya hamkorligini izchil kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Shveysariya bilan avtomobilsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, infratuzilma sohalarida 19 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda. Uchrashuv davomida mazkur koʻrsatkichni bir necha barobar oshirish uchun ikkala davlatda ham katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Oʻzaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib chiqib, mazkur yoʻnalishdagi hamkorlik istiqbollari ham koʻrib chiqildi. Xususan, ixtisoslashtirilgan qoʻmitalar darajasida aloqalarni faollashtirish, ikki davlat parlamentlarida doʻstlik guruhlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ham ilgari surildi. Xususan, gender tenglik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashish muhimligi qayd etildi.
Orol dengizi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash yuzasidan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari ham tomonlarning diqqat markazida boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring