Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat qo‘mitasi raisi Chon Xe Chol boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Joriy yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat qo‘mitasi raisi Chon Xe Chol boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, parlamentlararo aloqalarning amaldagi holati va kelgusidagi rivoji, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda mehnat va bandlik sohalaridagi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
T.Narbayeva O‘zbekiston va Koreya Respublikasi davlatlari o‘rtasidagi siyosiy muloqot izchil davom ettirilishi zarurligiga urg‘u berib, jumladan, mehnat migratsiyasi, yashil energetika, raqamlashtirilgan infrastruktura sohasidagi loyihalarni rivojlantirish yuzasidan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu borada huquqiy, tashkiliy va institutsional imkoniyatlarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
O‘z navbatida, Chon Xe Chol Koreya Respublikasi O‘zbekistonda bir qancha yirik investitsiyaviy loyihalarni olib borayotganligi, xususan, Orol mintaqasida toza ichimlik suvi resurslarini tiklash va ekologik muammolarning boshqa oqibatlarini yumshatish borasida hamkorlikdagi innovatsion loyihalarni yana-da kengaytirilishidan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Chon Xe Chol mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy tadbir, referendumning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklab, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari yil sayin mustahkamlanayotganiga to‘xtaldi. Shu bilan birga O‘zbekistonda majburiy mehnatdan voz kechilgani va bolalar mehnatiga qo‘yilgan taqiq xalqaro maydonda yuksak eʼtirof etilayotganini, rasmiy immigratsiya ishlarini yana-da faollashtirish va ko‘lamini oshirish borasida bir qator rejalar qilinayotganini taʼkidlab o‘tdi.
Muloqot davomida tomonlar parlamentlararo aloqalarni yangi darajaga olib chiqish, nafaqat mehnat munosabatlari va ekologiya sohasida balki, boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring