Tanzila Narbayeva Global yashil oʻsish instituti Assambleyasi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
2024-yil 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Global yashil oʻsish instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida GGGIning Oʻzbekistondagi faoliyati, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish boʻyicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda institutning “yashil” transformatsiya boʻyicha loyihalardagi ishtiroki va uning Oʻzbekistondagi koʻlamini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, iqlim boʻyicha Parij kelishuvida koʻzda tutilgan Oʻzbekistonning majburiyatlarini bajarishda GGGI tomonidan koʻrsatilayotgan koʻmak muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bunday hamkorlik mamlakatning ekologik barqarorlik va yashil rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Muzokaralarda Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik muammolarga xalqaro yondashuv, mazkur hududni tiklash va barqaror rivojlantirish borasidagi islohotlar, oʻrmonzorlar yaratish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida tilga olindi. Senat raisi mazkur tashabbuslarning mamlakatimizdagi ekologik muhitni yaxshilash va aholi turmush sifatini oshirishdagi oʻrnini alohida taʼkidladi.
Tomonlar parlament ekspertizasini chuqurlashtirish, “yashil” iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida xalqaro tajriba almashish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yoʻnalishida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishdilar. Uchrashuv xalqaro miqyosda Oʻzbekistonning iqlim tashabbuslarini yanada keng targʻib etish va ekologik barqarorlikka erishishdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring