Taniqli sportchilar yoshlar bilan uchrashdi
Mamlakatimiz boʻylab yoshlar oyligi va Butunjahon yoshlar festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ana shunday tadbirlardan biri — yurtimizning mashhur sportchilari va navqiron avlod vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda mamlakatimiz va jahonda oʻtkazilgan koʻplab musobaqa, turnir, olimpiyadalarning sovrindor hamda gʻoliblari, keng jamoatchilik vakillari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahoratli sportchilar yoshlarga oʻz tavsiya va maslahatlarini berdi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.
— Soʻnggi paytlarda yoshlarimizning mahalliy va xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari har birimizni quvontirmoqda, — deydi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Ahmedov. — Hozirgi oʻzbek yoshlari bundan oʻn yil oldingi oʻzbek yoshlaridan butunlay farq qiladi. Ularning qarashlari, bilim va salohiyati juda yuqori. Bunda, albatta, yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtiborning oʻrni katta.
Tadbir yakunida sportchilar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Samandar PARDABOYEV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring