Taniqli oʻzbek oshpazi Bahriddin Chustiy jonlantirish boʻlimiga yotqizildi
Koronavirusga chalingan oʻzbekistonlik bosh oshpaz Bahriddin Chustiy jonlantirish boʻlimiga yotqizilgani maʼlum boʻldi.
Oʻzbekistonlik bosh oshpazlardan biri va bloger Bahriddin Chustiy ahvoli ogʻirlashgani sabab jonlantirish boʻlimiga tushib qoldi. Bu haqda tadbirkor va bloger Aziza Umarova “Facebook”dagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
Umarovaning yozishicha, koronavirusga chalingan Chustiyning saturatsiyasi 70 boʻlgan holda kasalxonadan chiqarib yubormoqchi boʻlishgan. Biroq uning yaqinlari bunga qarshi boʻlib, janjal koʻtargan. Ayni vaqtda u yuqumli kasalliklar shifoxonasining intensiv terapiya boʻlimida qolmoqda.
“Ertalab Bahriddinning rafiqasi Farangiz bilan gaplashdim. Uni reanimatsiyaga olishganini aytdi. Kislorodsiz saturatsiyasi 47 ga tushib ketibdi, kasalxona kislorodi bilan 89 ekan. Tana harorati 38,5 daraja”, deb yozadi Umarova.
Eslatib oʻtamiz, Bahriddin Chustiy 2017-yilda “Oʻzbegim milliy anʼanalari” festivali doirasida tayyorlangan rekord palovning tashabbuskori hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring