Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi
Foto: Arxiv surat
“Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 20.04.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi) tashkil etildi.
Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Respublika markazi, jumladan:
— taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
— maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi.
Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Respublika markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi.
Qarorga koʻra, vakolatli davlat organlari maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarini litsenziyalash, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni Respublika markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring