Taʼlim tizimi umummilliy harakatga aylandi
Kecha Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Barqaror rivojlanish markazi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda talabalar qatnashgan ushbu tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va boʻlajak referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar ijrosi haqida soʻz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti ekanligidan qatʼi nazar, davlat tomonidan ularning rivoji taʼminlanadi. Bundan tashqari, davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim esa majburiy etib belgilanishi yoshlarning taʼlim olishlari muhimligini koʻrsatadi.
Aytish kerakki, alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanishi, ularning jamiyatda toʻlaqonli aʼzo sifatida voyaga yetishiga xizmat qiladi va Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Hech kimni ortda qoldirmaslik” prinsipiga muvofiqdir.
Bundan tashqari, oliy taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilyapti. Bilim dargohlarining qiyofasi oʻzgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kuchaytirilmoqda. Professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlari ham oshib boryapti. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Aholi fikrini oʻrgangan holda sirtqi va kechki taʼlim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari yildan-yilga oshirilyapti.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning muhim jihatlaridan biri shuki, “Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli” normasining kiritilishi oliy taʼlim muassasalarida davlat grant oʻrinlari yoʻqolmasligini taʼminlashga xizmat qiladi. Asosiysi, buning barchasi taʼlim tizimi umummilliy harakatga aylanganini yaqqol aks ettiradi.
Tadbirda taʼlim sohasiga oid boshqa yangiliklar haqida ham maʼlumotlar berildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring