Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik
Surxondaryo viloyatida oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik yangi, yuqori darajaga koʻtarilmoqda. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul Toʻrayev Rossiyaning Novosibirsk shahridagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari va Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagani ham shundan dalolat beradi.
Ushbu shartnomalar doirasida qoʻshma taʼlim dasturlari, ikki diplomli taʼlim yoʻnalishlari, stajirovkalar, malaka oshirish va ilmiy-tajriba almashuv loyihalari amalga oshiriladi.

— Mazkur hamkorlik yosh avlodning xorijiy tajribaga ega boʻlishi, ilm-fan sohasida oʻz izlanishlarini rivojlantirishi va kasbiy salohiyatini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Bu esa Surxondaryo viloyatida taʼlim va ilm-fan sohasining xalqaro miqyosda rivojlanishiga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, — deydi Rasul Toʻrayev.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring