Taʼlim sohasi faxriysining qoʻshaloq bayrami
Mamlakatimiz Prezidentining 2025-yil 11-sentyabrdagi tegishli farmoniga asosan Navoiy viloyati hududida yashovchi bir guruh fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar topshirildi. Ular orasida 1959-yil Turkmanistonning Chorjoʻy viloyatida tugʻilgan Hemraquli Abdiseyidov ham bor.
H. Abdiseyidov 1980-yili Buxoro davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, 1985-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlagan. Talabalik davrida samarqandlik talaba qizga koʻngil qoʻyib, uylanadi.
— Taqdir ekan Navoiyga kelib qoldik, — deydi Hemroquli ogʻa. — Shu yerda boshpana qurib, uch nafar oʻgʻil farzandli boʻldik. Er-xotin qariyb qirq yil yoshlarga taʼlim berdik.
Hemroquli ogʻaning oʻgʻillari ota izidan borgan. Uchalasi ham pedagog. Shuningdek, uch kelin ham bugun shahardagi umumtaʼlim maktablarida turli fanlardan dars berishadi. Oiladagi pedagoglarning taʼlimdagi umumiy ish staji esa 150-yilga yaqinlashib qolibdi. Bir-biriga ustoz oila.

— Yana bir qiziq holatni aytaymi? — salmoqlaydi Hemroquli ogʻa. — Oʻzim turkman, ayolim Nasiba oʻzbek, bir kelinim tojik, yana birisi arab — xullas baynalmilal oilamiz. Ahil-inoq yashaymiz, hech nimadan kamimiz yoʻq. Faqat mening Oʻzbekiston fuqarosi emasligim koʻnglimizni biroz kemtik qilib turardi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga iltimosnoma yoʻllagan edim, mana bayram arafasida arizam qanoatlantirilibdi. Bu biz, pedagoglar oilasiga Yurtboshimizning ajoyib bayram sovgʻasi boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan navoiylik yurtdoshlarimizga hujjatlarni viloyat hokimi Normat Tursunov topshirdi.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring