Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Yuldashev Baxtiyor Gayradjonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Baxtiyor Yuldashev Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining innovatsiya va tadqiqot ishlari boʻyicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, Baxtiyor Yuldashev 2016-2018-yillarda Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, 2018-yilda Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2020-2022-yillarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yengil sanoatni rivojlantirish boshqarmasi Eksport shoʻbasi mudiri, 2022-yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Baxtiyor Yuldashev Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiyaning xalqaro iqtisodiyot yoʻnalishi aspiranti hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring