Taʼlim muassasalarida 37,7 mlrd. soʻmlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlandi — XTV

18:15 16 Iyul 2022 Jamiyat
1375 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yil birinchi yarim yilligi davomida aniqlangan ushbu holatlar boʻyicha huquqiy baho berish va qonuniy chora koʻrish maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan 37,6 mlrd. soʻmlik oʻrganish materiallari huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

Moliyaviy qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilgani uchun tizimdagi 125 nafar masʼul shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari koʻrilgan. Shundan 89 nafar masʼul xodimga nisbatan hayfsan eʼlon qilingan, 16 nafar masʼul xodimga nisbatan jarima qoʻllanilgan hamda 20 nafar masʼul xodim lavozimidan ozod etilgan.

Vazirlik Ichki audit xizmatining joriy yil birinchi yarim yillik davridagi faoliyati natijasida 270,4 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar oldi olinishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?